Yana bir o‘zbekistonlik Rossiyada vafot etdi

Jamiyat

image

Rossiyadagi yana bir o‘zbekistonlik migrant yo‘l-transport hodisasi qurbon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 7 fevral kuni Yujnouralsk – Magnitogorsk trassasida Chelyabinsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 3 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. O‘zbekiston yana ikki fuqaro – M.N. va A.R. jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olganini xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etib hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.


Maqola muallifi

Teglar

Ekaterinburg YTH

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing