Yana bir o‘zbekistonlik chet elda halok bo‘ldi
Olam
−
26 dekabr 2019
6133Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatka shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Vladivostok shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Yong‘in joriy yilning 22 dekabr kuni yuz bergan va unda o‘zbekistonlik S.R. vafot etgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishga kirishgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolar va yaqinlariga hamdardlik birdirib, Rossiyaning Uzoq Sharqiy federal okrugi hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlada O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatdi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
LiveBarchasi