Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Jahon chempionatini boshi egik holda tark etdi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov raqibigi imkoniyatni boy berdi.

Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida -54 kg vazndagi Shahobiddin Zoirov JCHdagi ikkinchi jangini yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi o‘tkazdi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ringga ko‘tarilgan o‘zbek boksidagi mashhur nomlar: Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov ilk jangdayoq yurishini to‘xtatgan edi. Bundan tashqari, Mirazizbek Mirzahalilov hakamlarning bahsli qaroriga ko‘ra, mag‘lub deb topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing