Yana bir o‘zbek jangchisining UFC'ga o‘tishiga bir qadam qoldi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Azizbek Temirov tez orada UFC'ga o‘tishi mumkin. Bu haqda uning akasi, yaqindagina UFC'da debyut qilgan Ramazon Temirov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ramazon Temirovga UFC'dan jang tashkil qilib bergan matchmeykerlar Azizbekning ham janglarini kuzatib bormoqda. Hozirda Azizbek Temirovning Amerika vizasini uzaytirish bo‘yicha ishlar ketmoqda.

Ramazon Temirovga ko‘ra, Azizbek tez orada Amerikada mashg‘ulot o‘tkazadi va kelasi yil Dana Uayt “Contender series” musobaqasida jang o‘tkazadi. Agar, kichik Temirov “Contender series” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etsa, katta ehtimol bilan UFC'ga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Azizbek Temirov hozirda “Octagon” ligasida janglar o‘tkazmoqda. Uning MMA rekordi 5-0-0 ni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Dana Uayt Ramazon Temirov Azizbek Temirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing