Yana bir o‘zbek sportchisi Jahon chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning yettinchi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasining umidli vakillaridan biri Akbar Jo‘rayev o‘z ishtirokini yakunladi.

-109 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jo‘rayev dast ko‘tarishda 182 kg, siltab ko‘tarishda 216 kg va ikki kurash bo‘yicha 398 kg natija qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan sportchilar orasida hech bir atlet o‘zbek sportchisining natijasiga yaqinlasha olmadi va jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida JCH. Fiji, Suva. 
Erkaklar, -109 kg.

1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)
2. Sangun Xvan (Janubiy Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)
3. Daniil Vagaitsev (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)

Ta’kidlash joiz, bu terma jamoaning musobaqadagi ikkinchi muvaffaqiyatidir. Kuni kecha -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Ergashev ham o‘z vazn toifasida jahonda tengsiz ekanligini namoyish etgan edi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar bu g‘alabalari bilan Tokio Olimpiadasiga ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritishdi. 

Ma’lumot uchun, Akbar Jo‘rayev o‘tgan yili Toshkentda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda kumush medal bilan cheklangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Og'ir atletika

Baholaganlar

15

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing