Yana bir terrorchilik tashkilotining rahbari yo‘q qilindi

Olam

image

Malida “Islomiy Mag‘rib davlatlarida Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining Shimoliy Afrika qanoti yetakchisi yo‘q qilindi. Bu haqda Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Florans Parli Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 iyun Fransiya qurolli kuchlari sheriklar ko‘magi bilan Mali shimolida operatsiya o‘tkazdi. Harbiy operatsiya davomida “Islomiy Mag‘rib davlatlarida Al Qoida” amiri Abdulmalek Drukdel va uning ko‘plab sheriklari yo‘q qilingan.

Mudofaa vazirining aniqlik kiritishicha, Drukdel "Al-Qoida" tashkiliy qo‘mitasi a’zosi va Afrikaning shimolidagi jangari bo‘linmalarga qo‘mondon bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2014 yil avgust oyida Fransiya Mali, Burkina-Faso, Mavritaniya, Niger va Chadda terrorchilik guruhlariga qarshi kurash uchun “Barxan” harbiy operatsiyasini boshladi. Bu Fransiya harbiylari Malida 2013-2014 yillarda amalga oshirgan “Serval” operatsiyasining davomi edi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyaga jami 4,5 ming kishi jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Mali

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing