Yana bir terakt ishtirokchisi umrbodga qamaldi
Olam
−
16 mart 2023 7992 2 daqiqa
Bugun, 16 mart kuni, Rossiyadagi ikkinchi G‘arbiy harbiy okrug sudi sobiq politsiya boshlig‘i, polkovnik G‘ozi Isayevni Moskva metrosidagi teraktlarda ishtirok etgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti sud zalidan xabar berdi.
Sobiq huquq-tartibot xodimi umrbod qamoqqa hukm qilinishidan tashqari polkovnik unvonidan ham mahrum qilingan. Prokuratura Isayevdan dastlabki besh yilni eng og‘ir sharoitlarda, qamoqxonada o‘tkazishni, keyin esa maxsus rejimli koloniyaga “ko‘chirishni” so‘ragan. Rossiya Sudi butun muddatni maxsus rejimda o‘tkazishni belgilagan.
Shuningdek, Sud poytaxt metropoliteni da’vosi bo‘yicha Isayevdan 17 million rubl undirdi va boshqa jabrlanuvchilar – nogiron yo‘lovchilar va halok bo‘lganlarning qarindoshlarining da’volarini rad etdi.
2010 yil, Moskva terakti
2010 yil 29 mart kuni Moskvada terrorchilik harakati sodir bo‘ldi: xudkush-terrorchilar “Lubyanka” va “Park Kulturi” bekatlarida bir soatdan kamroq vaqt oralig‘ida o‘zlarini portlatib yuborishgan. 39 kishi halok bo‘lib, 128 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.
Maxsus xizmatlar tomonidan Dog‘iston hududida faoliyat yuritayotgan qo‘poruvchilik va terrorchilar yashirin tashkiloti yetakchilaridan biri Magomedali Vagabov portlashlar tashkilotchisi deb topilgan. 2013 yil sentyabr oyida huquq-tartibot idoralari Kavkaz amirligi (terror tashkiloti) rahbari Doku Umarovning maxsus operatsiyasi chog‘ida yo‘q qilinganini e’lon qildi, u bir necha yirik teraktlar, jumladan “Lubyanka” va “Park Kulturi”dagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
2022 yil fevral oyida Magomed Nurov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi – u bog‘lovchi sifatida harakat qilib, to‘da a’zolarini metroda portlashlar rejalashtirilgan yig‘ilishlarga olib borgan va terakt ishtirokchilarini huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy haftada Nyu-Yorkda terakt uyushtirib, 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Javohir Qadamov
Live
Barchasi