Yana bir shaharga kuchaytirilgan karantin qaytmoqda. U “qizil” ro‘yxatga kirdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahrida ertaga, 30 iyundan karantin choralari kuchaytiriladi. Shahar “qizil” toifaga kiritiladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi. Jumladan, quyidagilar faoliyatli to‘xtatiladi:

•    jamoat transporti;

•    buyum bozorlari;

•    kafe va restoranlar;

•    sartaroshxonalar;

•    avtomaktablar;

•    istirohat bog‘lari;

•    nooziq-ovqat va zargarlik do‘konlari;

•    konsert zallari, teatr, kinoteatrlar, sport majmualari;

•    tungi klublar, diskoteka, restoran ,kafe, oshxona, choyxona, spa salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilimxonalar va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Qoraqalpog‘istonda aholi orasida yangi kasallanish holalari aniqlana boshlagandi. Shu vaqtgacha Qoraqalpog‘istonda 151 holat qayd etilgan, 141 bemor tuzalib chiqqan, ayni vaqtda 10 bemor davolanmoqda.

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Nukus shahri “sariq” hudud sifatida belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing