Yana bir rossiyalik mashhur sportchi O‘zbekiston fuqaroligini olmoqchi
Sport
−
22 may
13343Konkida uchish bo‘yicha jahon chempionatining to‘rt karra bronza medali sovrindori, rossiyalik Danila Semerikov xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etish niyatida. Bu haqda TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Semerikov o‘z fuqaroligini o‘zgartirib, O‘zbekiston nomidan turnirlarda qatnashmoqchi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga xat jo‘natilgan.
Semerikov 29 yoshda, u uch marta jamoaviy ta’qiblar bo‘yicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2019, 2020, 2021), shuningdek, 2019 yilgi Jahon chempionatida 10 ming metr masofaga bahslarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan. Sportchida jamoaviy ta’qiblar bo‘yicha Yevropa chempionatining yana ikkita kumush medali (2018, 2020) va ommaviy startda (2020) bronza medali bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik figurali uchuvchilar O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi