Rossiyalik figurali uchuvchilar O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqchi
Sport
−
21 may 2024 11915 1 daqiqa
Rossiyalik figurali uchuvchilar Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev sport musobaqalarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqchi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, juftlik dasturlarida qatnashuvchi figurali uchuvchilar kelasi mavsumdan O‘zbekiston sharafini himoya qilishni reja qilgan, chunki har ikki sportchi ham 2026 yilda bo‘ladigan qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etmoqchi.
Xalqaro sport tashkilotlarining Rossiyaga qo‘yayotgan sanksiyalari tufayli, juftlik nufuzli musobaqalarda qatnashishda muammolarga duch kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi ko‘plab mahalliy turnirlarda g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025