Rossiyalik figurali uchuvchilar O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqchi

Sport

image

Rossiyalik figurali uchuvchilar Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev sport musobaqalarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqchi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, juftlik dasturlarida qatnashuvchi figurali uchuvchilar kelasi mavsumdan O‘zbekiston sharafini himoya qilishni reja qilgan, chunki har ikki sportchi ham 2026 yilda bo‘ladigan qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etmoqchi.

Xalqaro sport tashkilotlarining Rossiyaga qo‘yayotgan sanksiyalari tufayli, juftlik nufuzli musobaqalarda qatnashishda muammolarga duch kelishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi ko‘plab mahalliy turnirlarda g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ekaterina Geynish Dmitriy Chigirev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing