Yana bir partiya prezidentlikka To‘qayev nomzodini ilgari surdi

Olam

image

Bugun, 6 oktyabr kuni Qozog‘iston Xalq partiyasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan qurultoyida amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi. 

Partiya raisi Yermuhamat Yertisbayevning aytishicha, Qozog‘iston Xalq partiyasi amaldagi Prezidentni targ‘ib qilib, saylov kampaniyasida faol ishtirok etadi.

“Men bir taklif bilan chiqyapman: Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari hech qaysi partiyaga a’zo bo‘lmasa-da, partiyamiz uni shunchaki qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, aksincha, amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev nomzodini muddatidan oldin saylovda ilgari suradi”, deydi partiya raisi Yermuxamet Yertisbayev.

Qurultoyda qatnashgan delegatlar ushbu taklifni yoqlab ovoz bergan.

“Bundan tashqari, amaldagi Prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi uchta parlament partiyasidan iborat kuchli koalitsiya, nodavlat notijorat tashkilotlari, turli respublika birlashmalari va ko‘plab fuqarolik faollaridan iborat koalitsiya zarur, deb hisoblaymiz”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Qozog‘istonda hukmron “Amanat” (sobiq "Nur-Otan") partiyasi amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 20 noyabr kuni navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing