Yana ikki vazir mukofotlandi
Jamiyat
−
24 avgust
10672O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, Energetika vazirining elektr energetikasi bo‘yicha maslahatchisi Ro‘ziqul Obloqulovich Rayimov “Do‘stlik” ordeni bilan, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Juraboyevich A’loyev hamda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ibrohimovich Norqulov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Tleubayevich Orinbayev esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Davlatovich Qudbiyev va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Qo‘chqorovich Quranboyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov “Do‘stlik” ordeni bilan, Sport vaziri Adham Ilhomovich Ikromov esa O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.
LiveBarchasi