Yana bir mamlakatda koronavirusning yangi varianti aniqlandi
Olam
−
18 fevral 2021
5294Finlyandiyadagi Vita laboratoriyasida koronavirusning yangi varianti aniqlandi. Bu haqda laboratoriya saytida xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, koronavirusning yangi varianti taxminiy ravishda Fin-796H deb nomlangan.
Qayd etilishicha, ushbu virusda Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada aniqlangan variantlarning xususiyatlari mavjud.
Avvalroq, koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi 94 ta davlatda qayd etilgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, Janubiy Afrika shtammi 46 ta davlatga, Braziliya va Yaponiya shtammi 21 ta davlatga tarqalgan.