Yana bir mamlakat prezidenti lavozimidan iste’foga chiqmoqchi

Olam

image

Jazoir Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika kecha, 2 aprel kuni mamlakat prezidentligi lavozimidan muddatidan oldin iste’foga chiqmoqchiligini e’lon qildi. Bu haqda Rambler axborot agentligi xabar tarqatdi.

“Prezident rasman 2019 yilning 28 aprel kuni o‘z prezidentlik muddati yakunlangach, iste’foga chiqadi”, deyiladi Jazoir rahbariyati bergan bayonotda.

Ushbu xabar e’lon qilingach, minglab jazoirliklar buni nishonlash uchun ko‘chalarga chiqishdi.

Fevral oyining oxirida mamlakat prezidentiligiga saylovlar arafasida mamlakatda ommaviy noroziliklar kelib chiqqan edi. Bu jarayonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ko‘chaga chiqib, Jazoirda iqtisodiy islohotlarning yo‘qligi va ishsizlikning yuqori darajada ekanligi sabab namoyish o‘tkazishgan.

O‘shanda namoyishchilar 20 yildan beri o‘z lavozimini tark etmayotgan Buteflikaning yana saylovlarda ishtirok etishiga qarshi bo‘lishgan edi.

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Buteflika prezidentlik lavozimini 1999 yilda egallagan. 82 yoshli davlat rahbari joriy yilning 18 aprelida bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida beshinchi bor ishtirok etishi kutilayotgan edi. Lekin, hozirda uning sog‘lig‘i bilan muammolar kelib chiqqani sabab iste’foga chiqishni ma’qul deb topgan.

Qo‘shimcha qilish zarur, Abdulaziz Buteflika 2013 yilda o‘tkir yurak-qon tomir kasalligi – insultni boshdan kechirgan edi. U bir necha yildan buyon nogironlar aravachasi orqali harakatlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jozoir

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar