Yana bir mamlakat Isroil bilan aloqalarni uzdi

Olam

image

Nikaragua Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzib, mamlakat hukumatini “fashist” deb atadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nikaragua hukumati o‘z bayonotida bu qaror Isroilning Falastin hududlariga qilayotgan hujumlari tufayli qabul qilinganini bildirgan. Mamlakat Kongressi ham G‘azo urushi boshlanishining bir yilligi munosabati bilan Nikaragua hukumatidan bu borada choralar ko‘rishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilgan.

Nikaragua hukumati ushbu mojaro endi Livan orqali ham kengayib, Suriya, Yaman va Eronni jiddiy tahdid ostiga qo‘yganini ma’lum qilgan.

Nashrga ko‘ra, Eron Nikaragua Prezidenti Daniel Ortega ma’muriyatining ittifoqchisi sanaladi. Ammo so‘nggi yillarda Nikaragua xalqaro maydonda tobora yakkalanib bormoqda. Chunki Ortega 2018 yilda hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini bostirgani uchun tanqidga uchragan. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, namoyishni bostirish vaqtida taxminan 300 kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Falastin-Isroil mojarosi keskinlashganidan beri Kolumbiya, Boliviya va Beliz Isroil bilan aloqalarni uzganini e’lon qilgan. Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) parlamenti ham buni amalga oshirishga chaqirdi. Bahrayn Isroildagi elchisini chaqirib oldi va yahudiy davlati bilan iqtisodiy aloqalarni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy hukumati o‘zi bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolish niyatida bo‘lgan har qanday davlat Taypey bilan aloqalarini uzishi kerakligini ta’kidlaganidan so‘ng, Nikaragua Pekin foydasiga Tayvan bilan aloqalarni uzgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil diplomatik aloqa Nikaragua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made