Yana bir mahkum vafot etdi. Kuzatuv kameralaridagi yozuv qani? 

3-sahifa

image

Farg‘onada vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi uning o‘limiga yurak kasalligini sabab sifatida keltirmoqda. Bu haqda boshqarmaning axborot xizmati ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmi bilan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va probatsiya hisobiga olingan mahkum R.N. o‘rnatilgan cheklovlarni buzib, belgilangan hududni tark etganligi aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida u joriy yilning 6 noyabr kuni Toshkent shahrida ushlangan. Shu kuni R.N Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. 

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 02:56 larda mahkum R.N o‘zini yomon his qilgani uchun u bilan birga saqlanayotgan S.Yu nazoratchi xodimlarni yordamga chaqirgan. Hibsxona xodimlari, muassasaga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali holatni ko‘rib, zudlik bilan tez-tibbiy yordamga murojaat qilgan. Muassasaga yetib kelgan tibbiyot xodimlari, soat 03:16da mahkumning o‘limini qayd etgan.

“Qo‘qon tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining dastlabki tashxisiga ko‘ra marhum R.N.ning o‘limiga “yurakni surunkali ishemik kasalligi, yurak toj qon-tomirlarining o‘tkir yetishmovchiligi” sabab bo‘lgan. Marhumning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan”, deyiladi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabarida.

Shuningdek, hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan fuqaro bosh qismini xona ichidagi devor burchagiga urilib olib shifoxonada vafot etgani haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tayanib xabar bergan edik. Ichki ishlar boshqarmasi o‘shanda isbot sifatida kuzatuv kamerasidagi yozuvni ommaga elon qilgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing