Yana bir qonun muhokamaga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga "Tyeleradio uzatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qonun teleradio uzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunga ko‘ra, yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy kompaniyalar va chet el fuqarolari teleradiouzatish tashkilotlarini tuzishga haqlidir. Bunda ularning umumiy ulushi 30 foizdan oshmasligi kerak.

Belgilanishicha, teleradio uzatish sohasidagi litsenziyalashni Teleradio uzatish Kengashi amalga oshiradi. Kengash tomonidan litsenziya 10 yil muddatgacha berilishi mumkin.

Qonun 38 moddadan iborat bo‘lib, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tayyorlangan.

Muhokama shu yilning 18 oktyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda teleradiouzatishlar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing