Yana bir guruh rossiyaliklar Kanadaning “qora ro‘yxati”ga kiritildi 

Olam

image

Kanada Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini e’lon qildi. “Qora ro‘yxat”ga rossiyalik 42 nafar jismoniy va 21 ta yuridik shaxs kiritildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, sanksiyalar joriy yilning 20 sentyabridan kuchga kirgan.

Cheklovlarga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, “Vzglyad”, “Komsomolskaya pravda” nashrlari, “Yunarmiya”, “Yosh gvardiya”, “Rossiya geografiya jamiyati” yoshlar tashkilotlari, “Valday” klubi, “Vladimir Tochmash aksiyadorlik jamiyati”, “Kovrov mexanika zavodi” AJ va boshqalar kiradi. 

Kanada sanksiyalar kiritgan shaxslar orasida MGIMO rektori Anatoliy Torkunov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov, “Rossotrudnichestvo” tashkiloti rahbari Yevgeniy Primakovlar ham bor.

Ta’kidlanishicha, sanksiyalar qo‘llanilishi ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki, dezinformatsiya va Rossiya Federatsiyasining yadro sektori bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Kanada Rossiyaning 33 nafar amaldagi yoki sobiq yuqori martabali amaldorlari va 6 ta tashkilotiga, bu yilning fevral oyida esa  129 nafar jismoniy va 63 ta yuridik shaxsga sanksiya kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing