Yana bir davlatda maymun chechagi aniqlandi

Olam

image

Venesuelada maymun chechagi infeksiyasining birinchi holati aniqlandi. Kasallik Ispaniyadan kelgan odamdan chiqqan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi.

“Mamlakatga Madriddan kelgan bemor “Barselona”da maymun chechagini yuqtirgan ikki kishi bilan muloqot qilgan” deyiladi xabarda.

Bemor izolyatsiya qilindi, olingan testlar ijobiy natija ko‘rsatdi. Kasallikka odamning ahvoli barqaror.

Joriy yilning 10 iyun kuni Polshada maymun chechagi bilan birinchi odam aniqlangan edi. Kasallik qayd etilgan mamlakatlar asosan Yevropa va Shimoliy Amerikada joylashgan. Aksariyat hollar:

•    Buyuk Britaniya – 207 (bir hafta oldin - 106),

•    Ispaniya – 156 (20),

•    Portugaliya – 138 (49),

•    Kanada – 58 (26),

•    Germaniya – 57 (5).

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing