Yana bir davlat rossiyaliklar uchun chegarani yopmoqchi
Olam
−
30 Sentabr 2022
10762Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegarada nazoratni kuchaytirish choralarini ko‘radi, shuningdek, rossiyalik sayyohlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlashi mumkin. Bu haqda Norvegiya Adliya vaziri Emili Enger Mel ma’lum qildi.
"Agar kerak bo‘lsa, biz chegarani tezda yopamiz. O‘zgarishlar imkon qadar tezroq bo‘lishi mumkin", deydi Adliya vaziri Emili Enger Mel.
Qayd etilishicha, Norvegiya-Rossiya chegarasining uzunligi 198 km.ga yetadi. Tez orada yagona “Storskog” nazorat-o‘tkazish punktida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etiladi. Bugundan boshlab chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlarini aniqlash uchun jihozlangan politsiya vertolyoti Finmark mintaqasi osmonida patrullik qilishni boshlaydi.
Avvalroq, Finlyandiya rossiyalik sayyohlar uchun chegarani yopishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya hukumati Yevropa Ittifoqi tomonidan 21 iyul kuni joriy etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketiga qo‘shilgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi