Yana bir davlat koronavirusni yengib o‘tdi

Olam

image

Islandiya koronavirus infeksiyasini deyarli bartaraf qildi. Kecha, 6 may kuni hukumatning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 97 foizi allaqachon sog‘ayib ketgan.

“Islandiyada COVID-19 koronavirusga chalingan 1799 bemordan 1750 nafari butunlay shifo topdi. Afsuski, kasallik o‘n kishining hayotiga zomin bo‘ldi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ayni paytda mamlakatda infeksiya bilan zararlangan 39 nafar odam bor. 3 bemor shifoxonalarda qolmoqda, ammo ularning ahvoli tashvishli emas.

Ma’lumot o‘rnida, 4 maydan boshlab Islandiyada mart oyida joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Islandiyada

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar