Yana bir bokschi Tayson bilan ringga ko‘tarilish niyatida ekanligini aytdi

Sport

image

Sobiq bokschi Jeyms Duglas yana ringga ko‘tarilib, sobiq jahon chempioni Mayk Taysonga qarshi jang qilmoqchi. U bu haqda USA Today nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

60 yoshli Duglas Tayson va boshqa sobiq chempion – Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jangni tomosha qilganidan so‘ng, revansh o‘tkazishni istab qolgan. 

“Albatta Mayk bilan yana jang qilish juda yaxshi bo‘lardi. Men jangchiman va hanuzgacha o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu yana bitta jang uchun kifoya qiladi”, dedi Taysonning 1990-yillarda unga qarshi kurashgan sobiq raqibi.

1990 yil fevral oyida Duglas Taysonni kutilmagan nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Og‘ir vazn toifasi uchta kamar sohibi bo‘lgan Duglas keyingi jangda Evander Xolifildga yutqazgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Los-Anjelesdagi (AQSH) Staples Center arenasida boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons o‘rtasidagi jang durang bilan yakunlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Jeyms Duglas

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing