Yana 3 nafar o‘zbek bokschisi Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi
Sport
−
12 mart
5829Italiyaning Busto Arsitsio shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion turnir yakunlandi.
Musobaqada umumiy 9 nafar bokschi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bahslar yakuniga ko‘ra, erkaklar terma jamoasidan ishtirok etgan barcha bokschilar yo‘llanmaga ega chiqqan bo‘lsa, ayollardan bir nafar bokschi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini naqd qildi.
Kecha, 11 mart kuni kechki dasturda -80 kg vaznda iqtidorli bokschi To‘rabek Habibullayev o‘tish bahsida kolumbiyalik Xuan Ortis bilan bahs olib bordi va ishonchli tarzda g‘alaba qozondi – 5:0.
-71 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev iordaniyalik Zeyyad Ishayish bilan bo‘lib o‘tgan bahsda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ayollar o‘rtasida -50 kg vaznda Sabina Boboqulova hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Rinka Kinoshitaga qarshi ringga chiqdi va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi