Yamanda Isroilga qarshi urush uchun safarbarlik e’lon qilindi (video)

Olam

image

Yaman shimolida G‘azoga jangchilarni yuborish maqsadida umumiy safarbarlik e’lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Unga ko‘ra, "Ansor Alloh" harakati (husiylar) hukmronlik qilayotgan shimoliy Yamanda falastinliklar tomonidan G‘azo sektoridagi janglarda qatnashish uchun ko‘ngillilar jalb qilinmoqda.

"Safarbarlik Falastin xalqini Isroil bilan qurolli mojaroda qo‘llab-quvvatlash uchun amalga oshirilmoqda. Ayni paytda ochilgan o‘quv lagerlarida o‘n minglab yoshlar harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda", degan shialar harakati siyosiy byurosi vakili Xuzam al-Assad.

Uning aytishicha, bu xalq harakati bo‘lib, G‘azodagi falastinliklarni AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Isroil genotsididan himoya qilish uchun yuboriladi.

Al-Assad "Yaman Respublikasi muntazam armiyaga va rivojlangan harbiy salohiyatga ega ekani, shuning uchun harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan safarbar qilingan odamlar mamlakat shimolidagi jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi"ni qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing