Yamal Yevro-2024'da rekord o‘rnatdi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi a’zosi Lamin Yamal Yevro-2024 pley-off bosqichida Gruziyaga qarshi bahsda golli uzatmani amalga oshirib, pley-off bosqichida assistentlik qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Vinger 16 yoshu 353 kunligida Yevropa chempionati pley-off bosqichida o‘z nomiga assist yozdirib qo‘ydi. Yamal Gruziyaga qarshi 1/8 finalda Fabian Ruisning goliga hammualliflik qildi. Bu uning turnirdagi ikkinchi golli uzatmasi hisoblanadi.

“Barselona” futbolchisi Yevro-2024da eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida Orkun Kekju (Turkiya), Dennis Man (Ruminiya), Remo Freuler va Mishel Ebisher (Shveysariya) bilan birga birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi chorak finaldagi o‘yinini Germaniyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing