Yamal tug‘ilgan kuniga “pushti ziyofat” tashkil qildi
Sport
−
12:57 1150 1 daqiqa
“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal 19 yoshga to‘lgani munosabati bilan o‘ziga xos “Pushti ziyofat” uyushtirdi. Bu haqda Yamalning sevgilisi Ines Garsiya Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” qanot hujumchisining tug‘ilgan kuni joriy yilning 13 iyul kuni edi. Biroq o‘sha paytda Yamal 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali oldidan terma jamoa bilan yig‘inda bo‘lgani sababli tug‘ilgan kun bayrami keyinroqqa qoldirilgan.
Yamalning sevgilisi Ines Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda bayramdan suratlarni e’lon qildi. Tadbir “pushti ziyofat” uslubida o‘tkazilgan bo‘lib, mehmonlar ham asosan shu rangdagi kiyimlarda tashrif buyurgan.
Ziyofatda Yamalning “Barselona”dagi jamoadoshlari – Frenki de Yong, Gavi va Fermin Lopes, shuningdek, mashhur musiqachilar hamda san’atkorlar ishtirok etgan.
Ines Garsiya tadbirga kalta, yorqin pushti rangdagi libosda tashrif buyurgan. Yamal esa shu rangga mos ko‘ylak kiygan. Shu tariqa, “Barselona” yulduzi 19 yoshini o‘ziga xos va rang-barang bayram bilan nishonladi.