Yamal “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolaydi
Sport
−
22 noyabr 2024 3548 1 daqiqa
Hujumchi Lamin Yamal va “Barselona” shartnomani uzaytirishga kelishib oldi. 18 yoshga to‘lganidan keyin Yamal klub bilan olti yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.
Kelishuv 1 milliard yevro miqdoridagi tovon pulini o‘z ichiga oladi. Yamal 2025 yil 13 iyulda 18 yoshga to‘ladi. U bolaligidan “Barselona” tizimida o‘ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda 17 yoshli Yamal 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 150 million yevroni tashkil etadi. U Kataloniya klubi bilan 2022/23 yilgi mavsumda Ispaniya La Ligasida g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yamal jarohat olib, safdan chiqqani xabar qilingandi.