Yamal hech qachon “Real Madrid”da o‘ynamaydi

Sport

image

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining 16 yoshli vingeri Lamin Yamal faoliyati davomida hech qachon “Real Madrid”da to‘p tepmaydi. Bu haqda futbolchi “Marca” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Men “Real Madrid”da hech qachon o‘ynamayman, degan “Barselona” muxlislaridan biriman”, deydi Yamal.

Umumiy hisobda, o‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

“Transfermarkt” portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, Lamin Yamal Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2024'da Ispaniya terma jamoasi tarkibida o‘ynamoqda. Turnirning to‘rtta uchrashuvida vinger 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made