Yamal ham YeCHLda yangi rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Barselona” qanot hujumchisi Lamin Yamal Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) yangi tarixiy muvaffaqiyatga erishdi. Shu tariqa, 17 yoshli ispaniyalik 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida tarixda yevrokuboklarning asosiy turnirida 20 ta o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchiga aylandi.

Joriy mavsumda yosh vinger “Barselona” safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski ham YeCHLda yangi rekord o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing