Yakkasaroyda Spark butkul yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
05 yanvar 3974 1 daqiqa
Bugun, 5 yanvar kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Spark yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:02 da Yakkasaroy tumani Boshliq 4-tor ko‘chasida 13-uy oldida Spark avtomobili yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:12 da yetib borib, yong‘in soat 14:16 da o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, aytilgan manzilda ikki avtomobil yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida Spark avtomobili yonib, zararlangani aniqlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt boshqa avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida yonib ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.