Yaqinlaridan rizolik so‘ragan ayol koronavirusga chalinganlar haqida gapirdimi? SSV izoh berdi
Jamiyat
−
25 mart 2020
62706Ijtimoiy tarmoqlardao‘zini tibbiyot xodimi ekanini aytgan va kiyimlari ham shunday ekanidan darak beruvchi ayolning murojaati aks etgan qisqa video tarqaldi. O‘zini tanishtirmagan ayol “bemorlar ahvoli og‘irligi”ni aytib, yaqinlariga “rozilik so‘rash” ma’nosida yig‘lab gapirgan.
“Hammanglar rozi bo‘linglar bizdan, yaxshi o‘tiringlar, kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsam xafa bo‘lmanglar. Yaxshi yuringlar, duo qilib o‘tiringlar. Kasallarimiz yaxshi emas, issig‘i chiqib qaltirayapti, hammanglar yaxshi o‘tiringlar”, deydi ayol.
Ayolning gaplaridan barchaning hayoliga birinchi bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar keladi. Ammo bunday deyish unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Chunki COVID-19 koronavirusiga chalinganlarni davolovchilarning maxsus formasi boshqacha bo‘ladi.
Mazkur videoga izoh olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev bilan bog‘landik. U bizga holatga aniqlik kiritish bo‘yicha tekshiruv ketayotganini aytib, quyidagilarni ma’lum qildi:
“Hozir ayni shu masala bo‘yicha surishtiruv olib boryapmiz va to‘liq ma’lumot bo‘lishi bilan xabar beramiz. Ammo dastlabki xulosalar bo‘yicha aytish mumkinki, aynan bu ayol virusologiya ilmiy tekshirish institutida shifokor yoki hamshira bo‘lib ishlamaydi. Bu masalaga institut rahbariyati tomonidan ham aniqlik kiritildi. Ayolning o‘zi ham qaysi shifoxonaning qaysi bemorlari og‘ir ahvolda ekanligini aniq aytmagan. Bu tibbiyot xodimi qayerda ishlashi haqida surishtiruvlar olib boryapmiz.
Eng muhimi, koronavirusga chalingan bemorlar soni va ularning ahvoli haqida muntazam axborot berib kelyapmiz va ehtiroslarga berilgan holda aholi orasida sarosima chiqarishga hojat ham yo‘q, buning uchun javobgarlik ham belgilangan.
Eslatib o‘taman, bu hozircha dastlabki xulosalar va aniq axborot, qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilan e’lon qilamiz”.
Qayd etish kerakki, Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun, 25 mart holatiga umumiy bemorlar soni 56 nafar ekani, ulardan 4 nafari og‘ir ahvoldaligi, ammo o‘ta og‘ir ahvolda emasligini bildirgandi. Ammo bu tushunchalar o‘zaro farqli.
LiveBarchasi