Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar 21 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, urush fonida Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda repatriatsiya ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda. Jumladan:

Saudiya Arabistonidan – 17 963 nafar;
Birlashgan Arab Amirliklaridan – 3 290 nafar;
Erondan – 47 nafar;
Qatardan – 378 nafar;
Bahrayndan – 27 nafar;
O‘mondan – 7 nafar.

“O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 19 347 nafar fuqaro qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaqin Sharq qaytarildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing