Yaqin oylarda qaysi mahsulot va xizmatlar narxi ko‘tarilishi mumkinligi ochiqlandi

Jamiyat

image

Kelgusi oylarda go‘sht mahsulotlari va qoramol importi hajmining oshib borishiga qaramay ichki bozorlarda go‘sht mahsulotlari narxlari o‘sib boradi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarishi sharoitida dori-darmonlar, tibbiy xizmatlar va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin oshishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida, karantin bilan bog‘liq cheklovlarning umumiy ovqatlanish, transport va yetkazib berish xizmatlari sohalaridagi narxlarga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish zarur. 

“Go‘sht mahsulotlari va qoramollar importi hajmining oshib borishiga qaramay ichki bozorlarda go‘sht mahsulotlari narxlarining o‘sish dinamikasining saqlanib qolishi, hududlarda chorva uchun zaruriy ozuqa bazasini ko‘paytirish va mahalliy ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali ushbu mahsulotlarning barqaror taklifini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi”, deyiladi MB xabarida.

Shuningdek, iqtisodiyotda sezilgan inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar darajasining yuqori qolayotganligi hamda ularning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishiga ta’sirchanligining yuqoriligi inflyatsion vaziyatni yanada kuchaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing