Yaqin orada O‘zbekistonda kuchli zilzila xavfi bormi?
Jamiyat
−
25 mart 2023
50094Qo‘shni mamlakatlarda ketma-ket sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng o‘zbekistonliklar vahimaga tushib qoldi. Har kuni tarmoqlar orqali tarqaladigan norasmiy xabarlar bu xavotirlarni yanada kuchaytirmoqda. QALAMPIR.UZ “Yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘lishi mumkinmi?” degan savol bilan mutaxassisga yuzlandi.
“Yaqin kunlarda O‘zbekistonda kuchli zilzila keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan anomal o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Bu bizni tinchlantiradi. Hozir hech qanday sarosimaga berilish kerak emas. Barcha zilzilalar prognoz qilinadi. Lekin prognoz e’lon qilinmaydi. Bir kunda milliondan ortiq zilzilalar sodir bo‘ladi. Biz zilzilani mukammal o‘rganganmiz. Shunga qaramay insonning ojiz nuqtasi bor, u ham bo‘lsa, zilzilaning aniq vaqtini, soatini hech qaysi davlat oldindan aytolmaydi. Seysmoprognostik kuzatuvlar amalga oshiriladi. Hudud o‘rganilib, shimol, sharq qaysi maydon bo‘lishidan qat’iy nazar. Kuchli yoki kuchsiz zilzila sodir bo‘lish ehtimoli borligi aytiladi. Ammo joyi yoki vaqtini aytish uchun insoniyat ojizlik qiladi”, deydi Samandar Hikmatullayev.
FVV rasmiysiga ko‘ra, seysmologlar 1984 yildagi Gazli, 2002 yildagi Qamashi zilzilasi prognoz qilingan va talafotlar kuzatilmagan. Agar zilzilaning aniq joy va vaqtda sodir bo‘lish ehtimollik darajasi yuqori bo‘lsa, albatta, ogohlantiriladi. Qolaversa, o‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan.
Hududimiz seysmik faol hudud. Ayniqsa, tog‘li hududlar juda faol. Hududimizda zilzila sodir bo‘lish ehtimoli yo‘q emas. Umuman olganda yer sharida zilzila sodir bo‘lmaydigan hududning o‘zi yo‘q. Aniq vaqti soatini aytishga inson ojizlik qiladi.
Respublika xaritasida ham Qoraqalpog‘iston hududidan sharqiy hududlarga qarab borilganda mamlakat 5 balldan 9 ballgacha zilzila kuzatilishi mumkin bo‘lgan zonada joylashgan. Tog‘li hududlarda kuchliroq, tekisliklarda kuchsizroq zilzila kuzatilishi mumkin. Xalqimiz zilzilaning achchiq oqibatlarini bir necha bor boshdan o‘tkazgan. Umuman olganda zilzilaga doim tayyor turish kerak”, deydi Samandar Hikmatullayev.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr