Yadroviy qurollanish poygasini boshlaydigan harakat – KXDR AUKUS haqida

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Avstraliyaga yadroviy suv osti kemalarini qurish texnologiyasini berish to‘g‘risidagi qarori dunyoda yadroviy qurollanish poygasini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli qadam. Bu haqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakilining dushanba kuni Koreya markaziy telegraf agentligi kanallari orqali tarqatilgan izohida aytilgan.

“Bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategik muvozanatni buzadigan va yadroviy qurollanish poygasini boshlaydigan o‘ta xavfli harakat”, degan ismi oshkor qilinmagan diplomat. Uning ta’kidlashicha, Pxenyanda AQSHning bu qarori diqqat bilan o‘rganiladi.

Prezident Jo Bayden ma’muriyatining bunday harakatlari “mavjud xalqaro tartibni buzadi, tinchlik va barqarorlikka tahdid soladi”, deb ta’kidlagan TIV vakili. U bunday sharoitda KXDR rahbariyatining mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash to‘g‘risidagi qarori o‘rinli bo‘lganini ta’kidladi.

“Hozirgi vaziyat biz global xavfsizlik sohasidagi bunday keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishimiz uchun uzoq muddatli mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda davom etishimiz kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi”, deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson xavfsizlik sohasida yangi uch tomonlama hamkorlik – AUKUS yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Kelishuvga ko‘ra, Avstraliya Fransiya bilan tuzilgan kemasozlikka oid kelishuvdan chiqib, AQSH bilan yadroviy suv osti kemalarini quradi.

Fransiya Avstraliyaning kelishuvdan chiqishini "ortdan pichoq urish" deb baholadi. Rasmiy Parij Kanberra va Vashingtondagi elchilarini chaqirib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing