YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

8 iyuldan boshlab Toshkent shahar YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:

•  Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod);
•  Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum);
•  Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov);
•  Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod YHXB ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made