YHXBB “GAI” va haydovchi ishkali haqidagi xabarga izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI” va haydovchi o‘rtasida ishkal yuz bergani haqida video lavha tarqaldi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Video lavha o‘rganilganda, bugun, 16 yanvar kuni Xorazm viloyati, Urganch shahar, Gurlan ko‘chasida belgilangan taqsimot asosida xizmat olib borgan viloyat IIB YHXB YPX xodimlari A.Olimov va Yo.Komilov tomonidan, soat 13:50 larda Damas rusumli avtomobil to‘xtatilganligi, haydovchi S.S. YPX xodimiga me’yoriy hujjatlarini taqdim qila olmagani, xodim belgilangan tartibda chora ko‘rishini aytib, transport vositasini jarima maydonchasiga joylash kerakligini ma’lum qilgan vaqtida haydovchi e’tiroz bildirganligi ma’lum bo‘lgan.

YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan "Yo‘l harakati qoidalari"ning 7-bandida belgilangan talablarni buzganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu Kodeksning 291-moddasiga ko‘ra transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB

Baholaganlar

325

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing