YHXBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgarib, hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi holatlari kuzatilmoqda. Hozir Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. Shu munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) haydovchilarga murojaat qildi.

Boshqarma haydovchilardan bunday ob-havo sharoitida quyidagilarni so‘rab qolgan:

•    texnik nosozliklar, ayniqsa, rul boshqaruvi va tormoz tizimida nosozliklari bo‘lgan transport vositalaridan foydalanmaslik;
•    isitish tizimi nosoz bo‘lgan, avtotransport oynalari terlab sun’iy pardani hosil qilib, ko‘rinishni cheklaydigan transport vositalaridan foydalanmaslik;
•    oraliq masofani xavfsizlik darajasida ushlash;
•    belgilangan tezlik talablariga aniq rioya qilish;
•    mashinani mast holda boshqarmaslik.

Avvalroq joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing