YHXBB haydovchilarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
13 dekabr 2020
11559O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB haydovchilardan tuman sharoitida transport vositasi tezligini 10-20 km/ soatgacha kamaytirish, avtomobil chiroqlariga o‘zgartirish kiritmaslik va quvib o‘tish qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘radi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarni olishda va yo‘l chetidagi piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish talab qilingan.
“Harakat vaqtida boshqa transport vositalari bilan oraliq masofa saqlanishiga e’tiborli bo‘ling”, deyiladi murojaatda.
Yo‘lda piyodalar yoki boshqa transport vositalari bo‘lishi xavfidan yo‘nalishni o‘zgartirganda yanayam ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.
Tuman tarqalishini xavfsiz joyda kutib turish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi