YHXBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2020
11622O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mamlakatda ob-havo sharoiti o‘zgarishi munosabati bilan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.
“Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida ayniqsa dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Boshqarma piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari mamlakatga Rossiyadan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi