“Xon Saroy” “Kvadratura takliflari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori yetakchisi”ga aylandi
Biznes
−
25 Oktabr 2022
6227O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan "Xon Saroy" qurilish kompaniyasi, ekspert xulosasiga ko‘ra, "TAF!22" Xalqaro Reklama Festivalida “Kvadratura takliflari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozori yetakchisi” unvoni sohibiga aylandi.
22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan "TAF!22" Xalqaro reklama Festivali doirasida "Xon Saroy" kompaniyasiga O‘zbekistonda “Marketingni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va qo‘llab-quvvatlagani” uchun O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan minnatdorlik bildirildi.
“Xon Saroy” kompaniyasi 2019 yildan buyon poytaxtimizda qurilish ishlarini olib borayotgan yetakchi kompaniya hisoblanadi. Qurilish kompaniyasi joriy yil “Xonsaroy”, “Ayvon”, “Mega tover”, “Pandora” loyihalardagi xonadonlar kalitlarini o‘z egalariga topshirdi. Hozirgi kunda yana 6 ta loyiha qurilish ishlari olib borilmoqda.
"TAF!22" O‘zbekistonda to‘rtinchi yil ketma-ket o‘tkazilayotgan yagona sanoat reklama tadbiri bo‘lib, mamlakat brendlari va agentliklari tanlovda ishtirok etib, iste’molchilar va professional xalqaro hay’at a’zolariga samarali muloqot sohasida erishgan yutuqlarini namoyish etish, xalqaro reklama konferensiyasi ma’ruzachilarni tinglash va ularning ishlarini kuzatish imkoniyatini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun: +998 712007400, +998555017400
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi