Xiaomi Samsung va Apple’ni ortda qoldirib, birinchi raqamli brendga aylandi

Texnologiya

image

Xiaomi 2021 yil iyun oyida Samsung va Apple brendlarini ortda qoldirib, ilk marta dunyodagi birinchi raqamli smartfon brendiga aylandi. Bu haqda “Counterpoint” tadqiqot kompaniyasi xabar bermoqda. 

“Xiaomi Xitoy, Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqning muhim an’anaviy bozorlaridagi ishtirokini kengaytirdi. Uning birinchi raqamli brendga aylanishida Xitoy, Yevropa va Hindistonning iqtisodiy jihatdan tiklangani hamda Samsung'ning ishlab chiqarishda ta’minot cheklovlariga duch kelgani sabab bo‘ldi”, deydi tadqiqot kompaniyasining direktori Tarun Pathak.

Qayd etilishicha, Xiaomi smartfonlari savdosi o‘tgan oyga nisbatan 26 foizga oshib, kompaniyaning global sotuvdagi ulushi 17,1foizni tashkil etgan.

“Xiaomi’ning Redmi 9, Redmi Note 9 va Redmi K cyeriyalari yaxshi ishlaydi. Iyun oyida Vetnamda koronavirusning yangi to‘lqini boshlangani Samsung’ning ishlab chiqarishiga zarba berdi, bu esa kompaniyaning qurilmalari yetishmasligiga olib keldi. Natijada Xiaomi qisqa vaqt ichida eng katta foyda oluvchiga aylandi. Agar Vetnamdagi vaziyat yaxshilanib, Samsung avvalgi ishlab chiqarish kuchini qayta tiklasa, Xiaomi birinchi o‘rinda qolmasligi mumkin”, deydi Counterpoint katta tahlilchisi Varun Mishra.

Ma’lumot o‘rnida, Xiaomi mobil qurilmalar ishlab chiqarishni boshlagandan beri jami 800 millionga yaqin smartfon sotgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni 15,7 foiz ulush bilan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi, uchinchi o‘rinni 14,3 foiz bilan Apple kompaniyasi egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi 2021 yilning ikkinchi choragida jahon telefon bozorida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing