Xiaomi ikkita smartfoni taqdimotini o‘tkazadi

Olam

image

Xiaomi kompaniyasi hozirda Mi 9T va Mi 9T Pro flagmanlarining butunjahon taqdimotini o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

Xiaomi kompaniyasi joriy yilning 12 iyun kuni Mi 9T va Mi 9T Pro smartfoni taqdimotini o‘tkazadi. 

Bu haqda kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida e’lon qilingan. 

Xiaomi Mi 9T Full HD+ formatidagi 6.4 dyuymli OLED ekranga ega bo‘ladi. Smartfon Snapdragon 730 chipi bilan jihozlanadi. Qurilma 20 megapikselli selfi, asosiy uchtalik 48+12+8 megapikselli kameraga ega bo‘ladi. 

Yangi flagman 4000 mAs quvvatga ega tez zaryadlanuvchi batareyka bilan jihozlanadi. Smartfonning Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan versiyasi uch xil rangda taqdim etiladi. Qurilma narxi 380 yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing