WSJ: Rossiya uchun Markaziy Osiyo – “orqa eshik”

Olam

image

AQSHda ishlab chiqarilgan kompyuter chiplari va tanklarda foydalanish mumkin bo‘lgan komponentlar Markaziy Osiyo savdo yo‘llari orqali Rossiyaga kirib kelmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri tahlilida aytiladi.

Qayd etilishicha, mintaqa orqali o‘tadigan savdo yo‘llari Moskvaning G‘arb sanksiyalarini bartaraf etish harakatlari uchun “orqa eshik” vazifasini o‘tamoqda. Ukraina bosqinidan ikki yil o‘tib, dronlar va AQSHda ishlab chiqarilgan kompyuter chiplari Markaziy Osiyo savdo yo‘llari orqali Xitoydan Rossiyaga tobora ko‘proq oqib kelyapti. Bu Moskvaning urush harakatlariga ta’minotni bo‘g‘ish qiyinligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston savdo yo‘llari Rossiyaga muhim tovarlarni o‘tkazishda qo‘l keladi. Markaziy Osiyo mintaqasi AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan alohida ajralib turadi, chunki ulardan jang maydonida foydalanish mumkin, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing