WSJ: Xitoy BAAda yashirincha harbiy ob’ekt qurmoqchi bo‘lgan 

Olam

image

AQSH razvedka xizmatlari Xitoy BAA poytaxti Abu-Dabi yaqinidagi port hududida yashirincha harbiy inshoot qurayotganiga ishongan. Bu haqda “The Wall Street Journal” vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bergan.  

Manbalarga ko‘ra, taxminan bir yil oldin AQSH rasmiylari Abu-Dabi yaqinidagi Xalifa portida “shubhali Xitoy faoliyati” haqida razvedka ma’lumotlarini olishni boshlagan. 

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, joriy yilning bahorida sun’iy yo‘ldoshdan olingan maxfiy suratlar AQSH rasmiylariga Xitoy portda harbiy ob’ekt qurmoqda, degan xulosaga kelish imkonini berdi. 

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati BAAni ob’ekt harbiy maqsadda ekanligiga va uning qurilishi to‘xtatilishi kerakligiga ishontirish uchun faol diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, inshoot qurilishi Amerika rasmiylarining BAAga bir qator uchrashuvlari va tashriflaridan so‘ng to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy BAA

Baholaganlar

388

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing