WhatsApp yangi funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Texnologiya

image

WhatsAppda maxfiylikni qo‘llab-quvvatlovchi yangi funksiya ishga tushiriladi. Bu haqda “4pda” nashri ma’lum qildi. 

 Yangi funksiya foydalanuvchiga barmoq izini skanerlash yoki yuzni tanish, shuningdek, PIN-kod yordamida yangi qurilmada WhatsApp akkauntiga kirish imkonini beradi.

WhatsApp’ning so‘nggi beta-versiyasida ushbu yangilikni sinovdan o‘tkazish boshlangan. 

“U akkauntlarning maxfiyligini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, messenjerning Android versiyasi egalari avtorizatsiya qilish uchun an’anaviy parollar o‘rniga o‘zlarining biometrik ma’lumotlaridan foydalanishlari mumkin”, deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya ishga tushirilishi orqali messenjer foydalanuvchisiga ortiqcha parol kerak bo‘lmaydi.

"Ilovaning sinov tuzilmasida yangi xususiyatni faollashtirish uchun sozlamalar menyusidagi “Hisob qaydnomasi” bo‘limiga o‘tish va keyin xuddi shu nomdagi yorliqda parol yaratish kerak", deyiladi tarmoq saytida.

Shundan so‘ng “WhatsApp” qurilmada parol menejerini – masalan, “Google Password Manager” yoki “NordPass"ni tanlashni so‘raydi.
Ushbu funksiya qachondan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi e’lon qilinmagan.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

WhatsApp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing