WhatsApp rasmlarni asl sifatda yuborish imkoniyatini bermoqda

Texnologiya

image

WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarga suratlarni asl sifatda yuborish imkonini bermoqda. Bu haqda “WABetaInfo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, xizmatda tegishli belgi paydo bo‘ladi, buning yordamida foydalanuvchilar surat jo‘natayotganda tasvir sifatini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, messenjer sozlamalarida suratlarni “eng yaxshi” sifatda yuborish imkonini beruvchi variant allaqachon mavjud, biroq bu holatda ham tasvir sifati aslida yomonlashadi.

“WABetaInfo” nashri WhatsApp yangi funksiyani joriy qilish ustida ishlayotganini Android'ga asoslangan messenjerning beta-versiyasini yangilash orqali aniqlagan.

Funksiya ishlab chiqilmoqda va kelajakda ilova yangilanishida foydalanish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing