WhatsApp orqali narkotik sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 fevral kuni Namangan viloyatida 1 kilogramm 23 gramm sof “geroin” savdosining oldi olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar boshqarmasi va Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingan. U WhatsApp orqali tezkor tadbirda qatnashgan shartli xaridorga 18 500 AQSH dollari evaziga giyohvand modda sotishni va’da qilib, pulni olgan. 

Kelishilgan joyga sof og‘irligi 1 kilogramm 23 grammga teng bo‘lgan giyohvandlik moddasi olib kelgandan keyin qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida jami 20,2 kg narkotik moddalar musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.

Farangiz Sunnatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing