WhatsApp’da yangi funksiya ishga tushirildi

Bu qiziq

image

WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarga tinglanganidan so‘ng suhbatdan o‘chirib tashlanadigan ovozli xabarlarni yuborish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirdi. Bu haqda "Meta" korporatsiyasi ma’lumot berdi.

“Bugun biz mamnuniyat bilan e’lon qilamizki, endi siz tinglaganingizdan keyin avtomatik o‘chib ketadigan ovozli xabarlarni yuborishingiz mumkin”, deyiladi Meta veb-saytidagi eslatmada.

Qayd etilishicha, bir martalik o‘qish funksiyasiga ega ovozli xabarlar "bir martalik" belgisi bilan belgilanadi va faqat bir marta o‘qilishi mumkin.

Funksiya kecha, 7 dekabr kuni ishga tushirildi.

Avvalroq, Google Chrome  brauzeri uchun kengaytmalardan foydalanish siyosatiga tuzatishlar kiritayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu kengaytmalar reklama blokerlarining, ayniqsa, You Tube’da ishlashini qiyinlashtiradi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Twitter o‘z logotipini va nomini o‘zgartirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp funktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing